• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda mahalliylashtirish dasturi: Import oʻrnini bosish samaradorligi 56,1 mln. dollar

07 Iyun 2024, 10:33 884

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar-may holatiga koʻra 251 ta loyiha boʻyicha 704,9 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 103,5%ga bajarildi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur’ati 4 barobarni, import oʻrnini bosish samaradorligi esa 56,1 mln dollarni tashkil qildi.

Bunda yangi loyihalar boʻyicha 570,5 mlrd soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Korxonalar kesimida oladigan boʻlsak, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida 105 ta loyiha boʻyicha 35,1 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Chirchiq shahridagi Ilmiy birlashmada esa 31 ta loyiha boʻyicha 54,0 mlrd soʻmlik mahsulot tayyorlangan. Shuningdek, dastur boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishda Mis eritish zavodining ulushi 10,4 mlrd soʻm boʻlgan.

Bundan tashqari, dastur asosida yangi barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi boʻyicha 368,8 mlrd soʻmlik metallokonstruksiya tayyorlangan. Portlovchi materiallar zavodida 89,0 mlrd soʻmlik portlovchi moddalarni ishlab chiqarilgan. Kombinat tarkibiy boʻlinmalaridagi 8 ta mexanik ta’mirlash uchastkalari tomonidan 13,2 mlrd soʻmlik mahsulotlar tayyorlangan.

Yana bir ahamiyatli jihati mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 1,46 mln dollarlik mahsulotlar eksporti ham amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi asosida 268 ta loyiha boʻyicha 1 502,3 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi shakllantirildi.

2024 yil 3 maydagi investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining “Respublikada import hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirishni oshirish hamda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarni kamaytirish toʻgʻrisida”gi 61-son bayonining 1-ilovasiga asosan “Olmaliq KMK” AJning mahalliylashtirish dasturi 1521,4 mlrd soʻmga qayta shakllantirildi.

OKMK tomonidan sanoat kooperatsiyasi va shatakka olish tizimi  orqali yanvar-may oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 535,2 mlrd soʻmlik mahsulotlar xarid qilindi. Bu koʻrsatkich rejaga (424,2 mlrd soʻm) nisbatan 126%ni tashkil etdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni oʻzlashtirish maqsadida “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MCHJda 40 turdan oshiq (300 mlrd soʻm) quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlandi.

“Intercon Roollers” qoʻshma korxonasida konveyer roliklarini ishlab chiqarish joriy yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilib, oyiga 12 ming dona rolik ishlab chiqaradi va kombinatning talabini toʻliq qondiradi.

Avantec” qoʻshma korxonasida Germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

OKMK Mahalliylashtirish boʻlimi

Bo`lishmoq:
Text to speech