"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasida kombinat tarkibiy bo‘linmalari, xususan, Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi mehnat jamoasi ham yuqori faollik ko‘rsatmoqda. Boshqarma ishchi-xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelishayapti.
Xususan, hozirga qadar mehnat jamoasi tomonidan 12,5 gektarlik yer maydoniga jami 57 479 tup terak nihollari ekilib, ularga mehr bilan ishlov berilmoqda. Shuningdek, kelgusida yashil maydonlarni yana-da kengaytirish maqsadida 125 730 dona terak qalamchalari ham parvarishlanmoqda.
Bundan tashqari, boshqarma tomonidan hududning ekologik barqarorligini ta’minlovchi “Yashil belbog‘” tashkil etish vazifasi ham muvaffaqiyatli bajarildi. Sanoat hududining 1,2 ga maydonida barpo etilgan ushbu yashil hududda 600 dan ziyod tup manzarali daraxt nihollari baravj rivojlanib, atrof-muhit musaffoligiga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, ekilgan har bir nihol va qalamchalarning xazon bo‘lmay, unib ketishini ta’minlash maqsadida alohida mas’ullar biriktirilgan. Ular tomonidan daraxtlarga zarur agrotexnik ishlov berish, sug‘orish va zararkunandalardan himoya qilish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu sa’y-harakatlar nafaqat sanoat hududining qiyofasini o‘zgartirishga, balki kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.
Axborot xizmati