"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ bo‘linmalari va tarkibiy korxonalarida 2026-yilning mart-dekabr oylarida “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo xoli hududga aylantiraylik!” shiori ostida o‘tkaziladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarining rejasi tasdiqlandi.
Mazkur rejaga muvofiq, tadbirlar “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish”, “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”, shuningdek “Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi” kabi mavzularni qamrab oladi.
Bugun ushbu targ‘ibot tadbirlari Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati mehnat jamoasi uchun tashkil etildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Olmaliq shahri bo‘yicha vakili, hokim maslahatchisi Jamshid Pardayev, Toshkent viloyati IIB OKMKdagi IIB 2-sonli TQX boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Erkaboyev, OKMKdagi IIB TQX tezkor vakili, podpolkovnik Akmal Abduqodirov, OKMK Komplayens bo‘limi mas’ul xodimi Gulnoza Sabriyevalar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda diniy ekstremizm, turli yot diniy oqimlarning ta’siriga tushib qolmaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish haqida so‘z bordi.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari kombinat korxonalarida jinoyatchilikning oldini olish borasida xizmat mehnat jamoasining ham mas’uliyati katta ekanligini, har qanday huquqbuzarliklarga murosasiz bo‘lish lozimligini, ayniqsa korrupsiyaviy holatlarga befarq bo‘lmaslikni ta’kidlashdi.
Tadbir davomida kiberjinoyatchilikni oldini olish, firibgarlar tuzoqg‘iga tushib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi uqtirildi.
- Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi, - deydi Gulnoza Sabriyeva. - Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar va belgilangan vazifalar quyidagilardan iborat:
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi 2025-yil 30-dekabrda imzolangan PF-270-sonli Prezident Farmoni bilan huquqiy asosga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida korrupsiyaning ayanchli oqibatlari, unga qarshi kurashishda barcha birdek harakat qilishi lozimligi ta’kidlandi.
Axborot xizmati