• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kadrlar tayyorlash masalasi muhokama etildi

14 Iyul 2023, 10:54 1771

Joriy yilning 13-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas'ullari va Germaniyaning «GP Günter Papenburg AG» konserni vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida nemis konserni uchun kombinat bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash masalasi muhokama etildi.

Shuningdek, tayyorlanadigan mutaxassislargi nemis tilini o‘rgatish bo‘yicha to‘garak tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Ma'lumot uchun, bundan avval kombinat va ushbu nemis konserni hamkorligida Olmaliq kon-metallurgiya kollejida Germaniya ta'lim standarti asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi bo‘yicha yoshlar o‘qitilishi yuzasidan kelishilgan edi.

Zarur mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitilgan yoshlar Germaniyaga yuboriladi va «GP Günter Papenburg AG» konsernining Xalle shahridagi korxonalarida dual ta'lim asosida 3 yil tahsil olishadi.

Tegishli sinovlardan o‘tishganidan so‘ng, konsern kompaniyalarida 5 yil muddat mobaynida ishlashadi. So‘ngra, yetarli tarzda tajriba orttirgan yoshlar mamlakatimiz iqtisodiy qudratiga hissa qo‘shish uchun Vatanimizga qaytishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech