Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Xabaringiz bor, bugungi kunda respublika bo‘ylab kasaba uyushmalarida hisobot-saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasining sex tashkilotlarida joriy yilning fevral oyi yakuni bo‘yicha 274 ta sex tashkilotidan 171 tasida ushbu saylovlar o‘tkazildi. Yangi saylangan sex tashkilotlari rahbarlarini kasaba uyushmalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, uning maqsad va vazifalari yuzasidan bilimlarni oshirish maqsadida joriy yilning 24-28 fevral kunlari 25 nafar sexqo‘m raislari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutida o‘z malakalarini oshirishdi. O‘quv dasturi doirasida kasaba uyushmalari Federatsiyaning yuqori malakali mutaxassislari va “Olmaliq KMK” AJ kasaba uyushmasi apparatining tajribali xodimlari kasaba uyushmasi faoliyatining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimlar berishdi, ilg‘or ish tajribalar ommalashtirildi. Tinglovchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyiga tashrif buyurib, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi bilan yaqindan tanishishdi. O‘quv dasturi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrining “O‘tgan kunlar” spektakliga tashrifi bilan yakunlandi.
Haftalik o‘quv mashg‘ulotlar yakunida mavzular bo‘yicha yakuniy test sinovlari o‘tkazilib, tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, o‘zining kasaba uyushmadagi ilk qadamlari va bugungi kungacha orttirgan tajribasi bilan o‘rtoqlashish maqsadida, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan va ilg‘or kasaba uyushma xodimlaridan Mis eritish zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanobar Narinbayeva va Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ravshan Hamrayevlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Umida Djalilova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi apparati tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: