Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Kasaba uyushmasi bilimdoni” ko‘rik-tanlovi – jamoaviy birlik va bilim sinovi

11 Noyabr 2025, 9:28 279

11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, 3-Mis boyitish fabrikasining kasaba uyushmasi a’zolari o‘rtasida, “Kasaba uyushmasi bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbir jamoaviy tarzda o‘tib, unda turli sex va bo‘limlardan shakllangan jamoalar faol ishtirok etdilar.

Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ldi:

Tanishtiruv bosqichi – jamoalar o‘z jamoasi nomi, shiori va kasaba uyushmasidagi faoliyatini ijodiy tarzda taqdim etdilar.

Tezkor savol-javob bosqichi – ishtirokchilar kasaba uyushmasi harakati tarixi, mehnat qonunchiligi va ijtimoiy himoya borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ijodiy ish bosqichi – jamoalar kasaba uyushmasining bugungi jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yorituvchi sahna ko‘rinishlari, videoroliklar va chiqishlar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Tanlov nihoyasida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim saviyasi, jamoaviylik ruhiyati hamda ijodiy yondashuvlari inobatga olingan holda g‘oliblar aniqlandi.

1-o‘rinni eng yuqori natijani koʻrsatib Mis-molibden konsentratlarini saralash va filtrlash sexi jamoasi egalladi.

2-o‘rin Xo‘jalik uchastkasi jamoasiga nasib etdi.

3-o‘ringa esa Ta’mirlash-mexanika sexi jamoasi sazovor boʻldi.

G‘olib va faol ishtirokchilar OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir jamoa a’zolarining kasaba uyushmasi haqidagi bilimlarini boyitish, kasaba uyushmasining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Mohinur Alimova,

3-Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech