• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kasallik qancha barvaqt aniqlansa davolash shuncha oson bo‘ladi

13 Yanvar 2025, 13:36 213

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, xotin-qizlar o‘rtasida onkologik kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda. Mutaxassislar kasallik qancha erta aniqlansa davolash uchun zarur bo‘lgan vaqt yetarli bo‘lishini qayd etishadi.

OKMK rahbariyati tashabbusiga ko‘ra, Respublika Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda kombinatda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ham yuqoridagi fikrlar bildirildi.

Jumladan, joriy yilning 10-yanvar kuni  Rux zavodi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Avtomobil transport boshqarmasi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi, Moddiy texnika ta'minoti boshqarmasi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazi, 2- va 3-mis boyitish fabrikasi, Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi, Issiqlik elektr markazi, Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi kabi tarkibiy bo‘linmalarning xotin-qizlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma'lumot uchun: Ko‘krak bezi saratoni (KBC) saratonning ayollarda eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, Ko‘krak bezi saratoni bilan kurashda tibbiyot fani sezilarli natijalarga erishgan, shunga qaramay ko‘krak bezi saratoni butun dunyoda ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan onkokasallik hisoblanadi.

Shuningdek, bu kasallik ayollarning xavfli o‘simtalardan vafot etishlarining asosiy sababi hisoblanadi: har yili dunyo bo‘yicha ushbu tashxis qo‘yilgan 665 ming nafar ayol vafot etadi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirlarda mutaxassislar ko‘krak bezi saratoni kasalligi profilaktikasi, kasallikni erta bosqichda aniqlash va davolash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ayollar o‘rtasida keng uchraydigan ginekologik kasalliklar bo‘yicha ham ma'lumotlar berishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech