• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“KfW IPEX-Bank GmbH” banki OKMKda

09 Noyabr 2023, 10:58 881

Yirik loyihalar amalga oshirilayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida xalqaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishiga katta e'tibor qaratilgan.  Kombinatning megaloyihasi sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik I” konining o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarishning ortishi, yangi texnologik va avtotransport vositalari hamda texnik uskunalarga talab o‘sishi, yirik qurilish jarayonlari katta miqdordagi investitsiyalarni jalb qilishni talab etadi. 

Ayni shu maqsadda kuni kecha OKMK rahbariyati Germaniyanining “KfW IPEX-Bank GmbH” banki vakillari bilan uchrashdi. Ushbu bank OKMKdagi yirik loyihani moliyalashtirishni tashkil etish vakolatini qo‘lga kiritgan.

Sentyabr oyida Mis eritish kompleksining qurilishini moliyalashni tashkillashtirish bo‘yicha 2,55 mlrd dollarlik mandat ham imzolangan.

“KFW IPEX – Bank GmbH” banki direktori Volfgang Bexler: - Biz O‘zbekistondagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mana shunday loyihasini moliyalashtirish vakolatiga ega bo‘lganimizdan xursandmiz. Bu yerda korxona qator Yevropa davlatlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yganiga guvoh bo‘ldik. Bu esa biz uchun ham juda qulay. Boisi ularni doim qo‘llab-quvvatlaganmiz. Moliyalashtirish jarayonlarida ham qator qulayliklar mavjud. Kredit asosan ishlab chiqarish uchun yirik asbob uskunalarga berilishi ko‘zda tutilgan. Bunday yirik loyiha albatta muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonamiz.

Ana shu tartibda yangi loyihalarning moliyalashtirilishi texnik bazaning yangilanishiga, sifatli va zamonaviy uskunalar orqali ishlab chiqarish quvvatining oshishiga sabab bo‘ladi. 

Ikki o‘rtada ayni masalalar yuzasidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng, mehmonlar ochiq usulda ruda qazib olish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Qalmoqqir konida bo‘lishdi.

Shuningdek, mehmonlar bugungi kunda asosiy e'tibor qaratilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining qurilish jarayonlari bilan tanishtirildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech