• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kichik kamchiliklar ham rahbarlar e'tiboridan chetda qolishi kerak emas!

29 Mart 2023, 12:28 2093

Ma'lumki OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, ana shunday o‘rganish ishlaridan navbatdagisi Qalmoqqir kon boshqarmasi mehnat jamoasida tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 16-mart kuni ushbu o‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, tegishli soha mutassaddi rahbarlari, Kasaba uyushmasi Kengashi mas'ullari, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarga batafsil to‘xtalib o‘tilib, korxona mas'ullarining hisobotlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha boshqarma mutassaddi rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davomida kamchiliklarning aksariyati tezkorlikda bartaraf etilgani qayd etib o‘tildi. Shuningdek, ochiq muloqot davomida ishchi-xodimlar tomonidan bir qancha samarali takliflar bildirilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq choralar, muddatlar va mas'ullar belgilab olindi.

Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @agmk_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech