• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat avtomobilchilari kasb bayramini nishonlashdi

23 Oktyabr 2023, 8:58 935

Joriy yilning 20-oktabr kuni kombinat avtomobil transport sohasi xodimlari kasb bayramlarini nishonlashdi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov Avtomobil transporti kombinat faoliyatida muhim o‘rin egallashini ta'kidlab, ayniqsa bugungi kunda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda ularning roli katta ekanligini bildirib, barchani kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

Sana munosabati bilan OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra, 10 nafar soha vakili turli darajadi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, 28 nafariga Faxriy Yorliqlar, 30 nafariga esa qimmatbaho sovg‘alari tuhfa etildi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, taniqli estrada xonandasi Muhammadziyo tomonidan ijro etilgan sho‘x-shodon taronalar barchani raqsga chorladi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda OKMK tarkibida aynan avtomobil transporti bilan bog‘liq Texnologik transport boshqarmasi hamda Avtomobil transport boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalar faoliyat yuritib kelishmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech