Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan 2023-yil hosili uchun Ohangaron va Piskent tumanlarida joylashgan 600 gektar suvli yer maydonlarida bug‘doyning “Vassa”, “Antonina” va “Alekseyevich” nomli serhosil navlari yetishtirildi.
Yetishtirilgan bug‘doy hosilini ekishdan avval agrotexnik ishlar o‘z vaqtida bajarildi. 3 turdagi bug‘doy urug‘i ekilganidan to o‘rim vaqtiga qadar har bir gektar uchun 300 kg dan ammofos, 250 kg dan selitra, 200 kg dan karbamid kabi mineral o‘g‘itlar va mol go‘ngi sharbati (kompost) bilan parvarishlandi. Hosilni turli xil begona va yovvoyi o‘tlardan himoyalash maqsadida gerbitsid va boshqa kimyoviy vositalar bilan o‘z vaqtida dorilandi.
Yetishtirilgan bug‘doy hosilini o‘z vaqtida nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish maqsadida tuzilgan ishchi guruh a'zolari tomonidan o‘rim-yig‘im ishlari uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rildi va yetishtirlgan hosil to‘liq yig‘ib olindi.
Bug‘doy hosilini o‘rim ishlarining yakunida 600 gektar maydonning har bir gektaridan o‘rta hisobda hosildorlik 55,2 sentnerni tashkil qildi. Jumladan brigadirlar F. Rustamov (68,8 sentner/gektar), B. Axmedov (64,6 sentner/gektar) va F. Badalov (60,0 sentner/gektar) boshchilik qilayotgan brigadalarda yuqori hosildorlik qayd etildi.
Eng yuqori hosildorlik brigadir F. Rustamov brigadasida ekilgan “Vassa” navidan olinib, har bir gektardan o‘rtacha 68,8 sentner g‘alla olindi.
Yig‘im-terim mavsumiga 4 ta maxsus o‘rim kombayinlari hamda Avtomobil tarnsporti boshqarmasi va yong‘in xavfsizligi xizmatining 10 ga yaqin texnikalari jalb qilindi.
2023-yil bug‘doydan amalda 55,2 sentnerdan, jami 600 gektar yer maydonidan 3 310 tonna bug‘doy hosili yig‘ib olindi.
Yig‘ib olingan bug‘doy hosilidan 1 200 tonnasi shahrimiz aholisi va kombinat ishchi-xodimlarining dasturxonlariga non va non mahsulotlari ko‘rinishida yetkazib berilishi, undan ham ortganini xalqimizning un mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish uchun sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 1 800 tonna bug‘doy Sut-tovar fermasida yetishtirilayotgan ming boshdan ortiq chorva mollarga ozuqa yem sifatida ajratildi, qolgan 200 tonnasi, 2024-yil hosili uchun ekilishi rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda tasdiqlangan reja asosida taroriy ekin ekish ishlari yakunlanmoqda.
Abduvohid Shodiyev,
IMIChB boshlig‘i o‘rinbosari