"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Mazkur tashabbuslarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan “Kombinat gavharlari” tanlovi tashkil etilib, joriy yilning 8-aprel kuni tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov xotin-qizlarning bilim va malakasini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, jismoniy faolligini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Tanlov “Yangilikka intilish va ijodiy fikrlash”, “Sport va jismoniy faollikni oshirish”, “Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish”, “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”, “Kelajak uchun innovatsion g‘oyalarni ilgari surish”, “Oshpazlik mahoratini namoyon etish”, “Erkin mavzu” kabi yo‘nalishlarda olib borildi.
Tanlovda 30 nafar xotin-qizlar Zulfiyaxonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Bibixonim, Tamaraxonim, To‘maris kabi jamoalarga bo‘linib bahs olib borishdi.
Tanlovning so‘nggi shartida ham jamoalar jamiyatda ayollarning o‘rni, ularga berilayotgan e’tibor, turli xil illatlar va ularga yechimlarni sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi. Shuningdek, jamoalar o‘zbek milliy raqs san’ati bo‘yicha ham mahoratlarini namoyish etishdi.
Tanlov so‘ngida so‘z olgan OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azamat Mavlyanov, ushbu tanlov kombinatda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning iste’dodlarini shakllantirishga yordam berganini, tanlov bardavomlik kasb etishini, tanlovda ishtirok etgan 30 nafar xotin-qizlar kombinatda tashkil etilgan “Ayollar akademiyasi”ga qabul qilinganini ma’lum qildi.
Tanlovda ishtirok etgan jamoalarning har bir a’zosi “OKMK gavhari” nominatsiyasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan ragʻbatlantirildi.
Alisher Usmonov,
IOB yoshlar ittifoqi raisi