Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 3-mart kuni “Metallurg” MSda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiyasi tomonidan an'anaviy “Kombinat go‘zali-2023” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning saralash bosqichidan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Ishtirokchilar tanishtiruv, pazandalik, erkin mavzu kabi shartlarni bajarishi hamda davlat dasturi bo‘yicha tuzilgan savollarga javob berishi kerak bo‘ldi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Munisa To‘laganova 1-o‘rinni egallab, (Markaziy tahlil laboratoriyasi) - “Eng ijodkor” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Ijro apparati sharafini himoya qilgan Gulnora Mixaylova – “Eng iste'dodli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Shodiya Valiyeva(Moddiy texnik ta'minoti boshqarmasi) esa 3-o‘rinni egallab, - “Eng mahoratli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Dilnavoz Kamolova(Mis boyitish fabrikasi) - “Eng chaqqon” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi sharafini himoya qilgan Gulnoza Sodiqjonova - “Eng latofatli” sovrinining nominanti bo‘ldi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalari ishlab chiqarish birlashmasi vakilasi Umida Fozilova esa “Eng quvnoq” nominatsiyasi g‘olibasiga aylandi.
Barcha shartlarni a'lo darajada bajargan Nodira Rasulxonova(Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi) “Kombinat go‘zali -2023” deya e'tirof etildi.
Tanlov g‘olibalariga qimmatbaho sovg‘alari tuhfa etildi.
Ra'no Xolxo‘jayeva,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining
ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiyasi a'zosi