• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat homiyligida yangi tikuv fabrikasi ochildi

16 Iyul 2022, 14:38 2466

Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ijtimoiy sohaga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

16 iyul kuni Kombinat homiyligida «Ekvatorial Chodak» MChJ bilan hamkorlikda yangi tikuv fabrikasi ishga tushirildi.

Mazkur tikuv fabrikasi Namangan viloyati, Pop tumani, Oltinkon shaharchasining Chodak qishlog‘ida bunyod etildi.

Tikuv fabrikasining tantanali ochilish marosimi joriy yilning 16 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazakov, Pop tumani hokimligi va OKMK boshqaruv raisining  ijtimoiy masalalar va xodilar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov hamda jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan mutassadilar ushbu tikuv korxonasi hududda yashovchi aholining bandligini ta'minlashda, uning infratuzilmasini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini  va yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyixalarni amalga oshirish bundan keyin xam davom ettirilishini ta'kidlashdi.

Tadbir davomida ramziy lenta qirqilib, tikuv fabrikasi rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu korxonaning tashkil etilishida Olmaliq kon metallurgiya kombinati tomonidan 468,9 ming dollarlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi. Korxonaga Turkiya va Yaponiya davlatlarining eng ilg‘or uskuna jihozlari keltirilgan.

E'tiborli jihati shu kunning  o‘zida «Ekvatorial Chodak» MChJ hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida shartnoma imzolash marosimi ham o‘tkazildi.

Endilikda Chodak qishlog‘ida yashovchi 250 nafar ayollar ish bilan ta'minlandi.

Yillik ishlab chiqarish quvvati 500100 dona jinsi shim va boshqa kiyimlar bo‘lgan bu korxona mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va qo‘shni davlatlarga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar fabrika faoliyati bilan ham  yaqindan tanishishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech