• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat ishchi-xodimlariga yangi uslubdagi uniformalar tayyorlanmoqda

29 Aprel 2022, 11:12 1993

OKMK rahbariyati tashabbusi bilan yaqin kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlarining uniforma(maxsus kiyim)lari bosqichma-bosqich to‘liq yangilanadi.

OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi hamda Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish sexi mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi turdagi maxsus uniformalarning namunalari ishlab chiqildi. 

- Ushbu kiyimlarning dizayni, bichimi, ranglari  va matolari har bir tarkibiy korxona bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, - deydi sex boshlig‘i Abdumalik Tojiboyev. -Har bir korxonaning uniformasi alohida bo‘ladi va kiyimga korxona nomi yoziladi. Bu ularning qaysi tegishli ekanligini bildirib turadi. Bundan tashqari, uniformalar avvalgiday bir xil rangda bo‘lmaydi. Shuningdek, tungi smenada ishlaydigan ishchi-xodimlar uchun ham maxsus kiyimlar ham tikilib, ularda maxsus yoritish lentalari bo‘ladi.

Muhandis texnik xodimlarga aralash matodan tikilgan uniformalar kabi endilikda ishchilar uchun ham aralash sifatli  matodan, yorqin rangli kiyimlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yamiz. Bu masala bo‘yicha biz mas'ullarga  o‘z taklifimizni berdik. Ushbu matodan tayyorlangan kiyimlar uzoq muddatga chidaydi.

Yana bir muhim jihat, ishchilarning ish sharoitiga ham qarab maxsus kiyimlar tayyorlab beramiz. Masalan, issiq kunlarda ko‘chada ishlaydiganlar uchun va issiq sharoitda ishlaydiganlarga paxtalik matodan uniformalar tikiladi. 

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi xodimlari har bir korxonaning talablaridan kelib chiqqan holda  belgilangan talabnoma asosida zarur bo‘lgan uniformalarga, o‘lchamlarini taqdim etgan holda har chorakda buyurtma berishadi.

Shuningdek, ayollar uchun maxsus kiyimlarni tayyorlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, kombinat ishchi-xodimlarning uniformalari tez orada yangilanadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech