• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat olimasi yaratgan texnologiya – yangi mahsulot olish imkonini beradi

11 Mart 2022, 14:12 848

Sir emas, mamlakatimiz rahbarining xotin-qizlarning ilm olishiga qaratayotgan e'tibori tufayli bugun joylarda olima ayollar safi kengaymoqda. Olmaliq kon metallurgiya kombinatida ham nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan ayollar talaygina. Ana shunday olima ayollardan biri qahramonimiz, O‘zbek-Koreys ilmiy texnologik markazi metallurgik tadqiqotlar va yuqori toza metallar laboratoriyasi mudirasi Zulfizar Mirzanovadir.

Rudalar, konsentratlar, aylanma materiallar, Mis eritish zavodining texnologik tizimi, shixta tayyorlash. Bu atamalarning o‘ziyoq sanoat ishlab chiqarish sohasining naqadar murakkab va aniq dalillarga tayanishini isbotlaydi. Xom-ashyolardan kompleks ravishda foydalanish, oltingugurt va temirni shixtalar tarkibidan ajratib olish asosini tashkil etadigan konverterda kechuvchi jarayonlarga ilmiy nuqtaiy nazardan  qarash esa kishidan sabot, iroda va tinimsiz izlanishlarni talab qiladi. Zulfizarning “Mayda zarrachali konverter changidan rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasi” mavzusida yoqlagan ilmiy ishi unga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi(PhD) maqomi bilan birga ulkan mas'uliyat va vazifalarni yukladi.

- Hozirgi kunda  mis shteynini konverterlash jarayonida ikki xil chang hosil bo‘ladi. Yirik zarrachali changlar jarayonga qaytariladi. Ammo mayda zarrachali konvertor changlari texnogen chiqindi sifatida Mis eritish zavodi chiqindizonalarida saqlanib kelinmoqda, - deydi Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zulfizar MIRZANOVA. U sulfat kislota sexiga bormaydi. Changlarimiz chiqindi sifatida yotibdi, uchuvchan xususiyatga ega. Changni 50%gacha tarkibi qo‘rg‘oshin metalidan iborat. Shuningdek, rux 10-12%ni, mis 3%ni tashkil qiladi. O‘sha metallarni bosqichma-bosqich kompleks ajratib olish bo‘yicha ish olib borganmiz. Hozirda ushbu texnologiyadan hech qaysi davlatda foydalanilmaydi. Bu yangi texnologiya bo‘lib, u texnogen chiqindilarni qayta ishlash imkonini beradi. Natijada qo‘rg‘oshin olamiz, ajratib olish 80-85%ni tashkil etayapti. Rux sulfati bilan mis sulfatini eritma holatida olinayapti. Metall holatida olinmayapti. Bundan tashqari, chang tarkibidagi qimmatbaho metallarning 97%ini kekda qoldirish imkonini yaratayapmiz. Uni qayta pechga berish mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonda qo‘rg‘oshin olish texnologiyasi yo‘q. Olgan namunalarimizni Jizzax akkumulyator zavodiga berib ko‘rdik. Ular bizning mahsulotni ko‘rib chiqib, tarkibidagi vismutni normadan sal ko‘pligini aytishdi. Hozirda vismutni davlat standarti bo‘yicha kamaytirish choralarini ko‘rayapmiz. Changda qo‘rg‘oshin sul'fat holatida bo‘ladi, biz uni karbonizasiya qilib, cho‘ktirib, toblash(prokalka) va eritish orqali olayapmiz. Bunda gidrometallurgiya va pirrometallurgiya jarayonlaridan foydalaniladi. Ushbu texnologiyaning dolzarbligi shundaki ekologiyaga juda katta foyda keltiradi. Bu changlar texnogen chiqindi sifatida katta maydonni egallab yotibdi. Polimetall xom-ashyo sifatida otvallarimizda turibdi. Hozirda kombinatning yillik rudani qaytish ishlash quvvati 40 mln bo‘lsa kelajakda 3-,4-,5- Mis boyitish fabrikalarini qurilishi natijasida bu raqam bir necha barobarga oshishi kutilmoqda. Bugungi kunda sutkasiga konverter changidan 8 tonna chang hosil bo‘ladi. Ushbu changlarni qayta ishlash esa dolzarb masala sanaladi.

Tajriba ishlarimiz ikki xil sharoitda olib borildi. Laborator va tajriba sanoat sinovida 500 kg chang sinovda o‘tkazilib, 125 kg qo‘rg‘oshin metali olindi. 1 tonna chang tarkibida 500 kgacha qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Mazkur texnologiya bizga toza holatda qo‘rg‘oshin metallini, mis va ruh sul'fati eritmasini hamda qimmatbaho metallarni kek holatda olish imkonini beradi. Tajribalarimiz natijasida qolgan kekdan tonnasiga 5-6 gramm oltin, 200-220 gr kumush olish imkoni bo‘ladi. Tajriba sinovlarimiz markazimiz rahbari Eshmurod Pirmatov boshchiligida o‘tkazildi. Texnologiya tayyor, reglamenti ham tayyor bosqichda. Texnologiyani patentlash uchun O‘zbekiston Respublkiasi intellektual mulk agentligiga ariza ham topshirilgan. Shuningdek, ustozim, taniqli olim, professor Abdurashid Hasanov ham ushbu texnologiyani yaratishda o‘z bilim va tajribalarini o‘rgatdi.

2030-yilga borib jahonda mis mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortishi natijasida misga bo‘lgan talab ham ortadi. Davlatimiz rahbarining tashshabusi bilan Olmaliq kon metallurgiya kombinatida yangi megaloyiha: rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni yangi bosqichga ko‘tarish hamda mis va unga yo‘ldosh bo‘lgan metallarni olish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada kombinat mutaxassislari va olimlari ishtirokida birinchi va ikkinchi metalladan tashqari, ishlab chiqarishda ajralib chiqqan chiqindilardan ham sanoatda qo‘llaniladigan metallar ajratib olinmoqda. Yosh olima Zulfizarning kelgusi rejalarida ham yurtimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi loyihalari ko‘p. Olimaning aytishicha, polimetall texnogen chiqindilari tarkibida qo‘rg‘oshin, rux, mis, reniy, palladiy, platina kabi metallar ham bor. Maqsad ulug‘. Maqsadga yetish uchun esa ko‘proq izlanish, bilim olish talab etiladi. Zulfizar esa bir zum bo‘lsada izlanishdan to‘xtamaydi.

Sherzod Tilovberdiyev,

veb muharrir

 

Bo`lishmoq:
Text to speech