Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida bayram shukuhi

15 May 2026, 9:36 90

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni o‘zgacha shukuh va yuqori kayfiyat bilan nishonlanmoqda.

Mis eritish zavodi

Korxonada tashkil etilgan tantanali tadbirda zavod direktori Baxtiyor Vaqqosov ishchi-xodimlarni qutlab, soha rivojidagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Тantanalar davomida korxona ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh ilg‘or ishchilarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, bayram tadbiriga metallurgiya sexida uzoq yillar mehnat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar ham taklif etildi. Keksalik gashtini surayotgan nuroniylar uchun ishlab chiqarish maydonlari bo‘ylab maroqli ekskursiya uyushtirildi. Ular zamon talablari asosida yangilangan texnologik jarayonlar bilan tanishib, yosh avlod vakillari bilan dildan suhbatlashdilar va o‘z boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Metallurg” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa bayramga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Issiqlik elektr markazi

Markaz jamoasida ham kasb bayrami chinakam shodiyonaga aylandi. Тadbirda so‘z olgan markaz rahbari Farrux Sultonov barchaga o‘z samimiy tilaklarini bildirdi.

Issiqlik va nur ulashuvchi mashaqqatli kasb egalarining mehnati alohida e'tirof etilib, bir guruh faol xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi

Ushbu jamoa ayyomni yuqori kayfiyat va mehnat zafarlari bilan kutib oldi. Boshqarmada ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib, jamoaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 7 nafar ishchi-xodim “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib, yuksak ehtiromga sazovor bo‘ldi.

Chodak kon boshqarmasi

Chodaklik konchilar ham o‘z kasb bayramlarini katta tantana bilan nishonladilar. Тadbirda korxona direktori Abdixallok Mirahmedov konchilarni ayyom bilan qutlab, dil so‘zlarini bildirdi.

Sanoat ravnaqi yo‘lida kecha-yu kunduz fidoiylik ko‘rsatayotgan soha vakillarining zahmatli mehnati e'tirof etilib, ularning bir guruhiga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech