Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5159 sonli Qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga asosan 2021-yilning 12-iyulidagi “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi tomonidan qabul qilingan 00883-sonli buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida bugun say'-harakatlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, kombinatning O‘quv markazi, Milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti MISiSning Olmaliq filiali bilan bir qator hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ygan.
Bu borada OKMK korxonalarida foydali qazilmalarni boyitish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv kurslari tashkil tashkil etilgan.
Nazariy mashg‘ulotlar 2022-yilning 4-aprelida boshlangan bo‘lsa 8-aprel kuniga qadar davom etadi.
Muhandis texnik-xodimlar malakasini oshirish va mashg‘ulotlarni o‘tish uchun filialning malakali professor o‘qituvchilari jalb etildi.
Mutaxassis kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash, ularga zamonaviy o‘qitish usullarni o‘rgatish albatta, korxona va tashkilotning barqaror ishlashiga olib keladi. Bu esa OKMK juda muhim hisoblanadi.
Muxtasar aytganda bugun foydali qazilmalar boyituvchilarining bilimlarini oshirilishi, kelajakda ushbu sohaning takomilashtirilishiga xizmat qiladi.
Axborot xizmati