• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinatda muhandislik maktabi tashkil etilishida Germaniya tajribasi qo‘llaniladi

22 Fevral 2023, 10:25 1161

Ma'lumki, Prezident Murojaatnomasida muhandislarni tayyorlash va qayta tayyorlash alohida vazifa qilib belgilangan edi. Ushbu vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Jumladan, ushbu yo‘nalishda AQSh, Isroil, Kanada va Janubiy Koreya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarning muhandislar tayyorlash markazlari faoliyatini o‘rganish ham belgilangan edi. Xorij tajribasini o‘zimizda qo‘llash maqsadida kombinat mutaxassislari ayni kunlarda Germaniyaning Xalle shahrida bo‘lib turishibdi.

Mutaxassislarimiz u yerda tashkil etilgan o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishishmoqda. Shuningdek, ular yana bir nechta o‘quv markazlariga ham borishadi. Jumladan, mashhur Volkswagen avtokonsernining muhandislar tayyorlash o‘quv markazi faoliyatini ham o‘rganishadi.

2023-yilda o‘z faoliyatini boshlashi ko‘zda tutilgan OKMK muhandislik maktabi Germaniya tajribasi asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu o‘quv markazi kombinat tarkibiy bo‘linmalariga zarur bo‘lgan muhandis-texnik xodimlarni qayta tayyorlab beradi. Maktabda mashg‘ulotlarni xorijlik o‘qituvchilar olib borishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech