• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinatda Navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlanadi

09 Mart 2023, 13:1 1787

Joriy yilning 6 mart kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov “Navroʻz" umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Buyruqqa koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 martdagi "2023 yil Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.

"Navroʻz" umumxalq bayramini koʻtarinki ruhda nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va "Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida bayram tadbirlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi hamda "Navroʻz" umumxalq bayramini nishonlashni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan muassasalarda bayram dasturxoni tashkil etiladi.

Shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari  Olmaliq shahrining biriktirilgan mahallalari, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar va unga tutash hududlar, bolalar maydonchalari, qabristonlar, ijtimoiy soha obyektlari va tarkibiy boʻlinmalar hududlarida 2023 yilning 16 mart kuniga qadar obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirishi vazafasi yuklatildi.

Tarkibiy boʻlinmalar hududlari "Navroʻz" bayrami shukuhini aks ettirish uchun bayramona shiorlar va bannerlar bilan bezatiladi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda bayram tadbirlari (bayram oshi, sumalak, xalim, bayram konserti va boshqalar) tashkil etiladi.

"Navroʻz" umumxalq bayramini nishonlashni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga koʻra, Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarning uy-joylarida xayriya hasharlari o’tkaziladi.

Har yilgi an’anaga binoan bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushui qatnashchilariga, mehnat frontida xizmat qilganlarga, baynalmilal jangchilar hamda Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan faxriylarga oziq-ovqat toʻplamlari topshiriladi.

Ayniqsa, kombinat tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarining milliy qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmalar ham barchada katta taassurot qoldirishi  aniq.

“Yoshlar bogʻi”da oʻtkaziladigan milliy sport musobaqalari va  dorbozlar tomonidan koʻrsatiladigan tomoshalar, sumalak, palov koʻk chuchvara, somsa va boshka milliy taomlarni tayyorlash boʻyicha tashkil etiladigan musobaqalar ham hamshaharlarimizga yoqishi tayin.

"Metallurg" madaniyat saroyida oʻtkaziladigan konsert dasturi esa barchaga bayramona kayfiyat ulashishi shubhasiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech