"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Muhandislik maktabida kombinat geologlari va soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminarlar bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir O'quv markazining kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo'limi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Seminarga tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Qozog'iston Respublikasining yetakchi oliy ta'lim muassasalari — D. Serikbayev nomidagi Sharqiy Qozog'iston texnika universiteti hamda S.O'tebayev nomidagi Atirau neft va gaz universitetining professor-o'qituvchilari taklif etildi.
Seminarda korxona tarkibiy bo’linmalaridan saralab olingan 50 dan ziyod xodimlarga qozog'istonlik olim, texnika fanlari nomzodi va professor Apshikur Baytak "Geologiya va mineral resurslar sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari" mavzusida ma'ruza qildi.
Tadbirda shuningdek, Atirau neft va gaz universitetining katta o'qituvchisi Aliya Abilgaziyeva “Markaziy Osiyoda geologik tadqiqotlarning ta'lim va infratuzilmaviy salohiyatini rivojlantirish” mavzusida ma'ruza qildi.
Seminarda kombinatning tarkibiy tarmoqlaridan saralab olingan malakali mutaxassislar va xodimlar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar xorijlik olimlar bilan Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya sohasini rivojlantirish, ta'lim va infratuzilmaviy salohiyatni yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha fikr almashdilar.
Aliya Abilgaziyeva - Atirau neft va gaz universiteti katta o'qituvchisi: - Biz Olmaliqda KazUzGeo xalqaro yozgi maktab loyihasi doirasida tashrif buyurdik. Bu ikki davlatning tog'-kon yo'nalishidagi universitetlari hamkorligiga asoslangan bo'lib, tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsadimiz o'zaro tajriba almashishdan iborat. Bugun OKMKning Qalmoqqir va Yoshlik konlarida bo'lib u yerdagi ma'danni qazib olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Bu esa talabalarimiz uchun bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlashga imkon yaratdi. Belgilangan dasturga ko'ra Muhandislik maktabida seminar o'tkazib, o'z bilimlarimiz bilan o'rtoqlashdik. Mazkur loyiha universitetlarimiz va sanoat o'rtasidagi integratsiyani rivojlantirib, kuchli mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi.
Muhandislik maktabida o'tgan ushbu uchrashuv kombinatimiz xodimlarining malakasini oshirish va ishlab chiqarishga ilg'or ilmiy yondashuvlarni joriy etishda muhim qadam bo'ldi.
Axborot xizmati