• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kompaniyani transformatsiya qilish taraqqiyotning muhim yo‘nalishi

14 May 2024, 12:29 934

Iqtisodiy o‘sish har qanday kompaniya uchun muhim ahamiyatga ega. Bu borada korxonalarni tranformatsiya qilish eng maqbul yechimdir. U Iqtisodiyotni jadallashtiruvchi institut sifatida ta'riflanadi. Mazkur tushunchaning naqadar ahamiyatli ekanligini tushunish har bir mutaxassis uchun zarur. 

Shu maqsadda joriy yilning 8-may kuni OKMK rahbariyati tashabbusi bilan navbatdagi seminar trening tashkil etildi.

Korxona rahbar xodimlari, bo‘linmalar mutaxassislari uchun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda MTTU MISiSning sanoat korxonalarida iqtisodiy boshqaruv fakulteti dekani Aleksey Mitenkov tomonidan boshqaruv transformatsiyasidagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida muhim bilimlar berildi.

Interaktiv usulda boshlangan seminarda ishlab chiqarish, xarid qilish, sotish va investitsiyaviy faoliyat samaradorligini va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan vazifalar taqdim etildi. Ularning majmui esa aynan transformatsiyadir.

Seminar davomida ishtirokchilar, o‘zgarishlar va ulardan yuzaga keladigan muammolarni, murakkab vaziyatlarda esa o‘z o‘zini boshqarish texnikalari haqida bilib olishdi.

Ta'kidlanganidek, shunday mutaxassislar borki keragidan ortiq harakat qilsada, o‘sish juda sekin bo‘ladi, ammo puxta o‘ylangan oz vazifalar orqali yaxshi natija olish mumkin.

Ayni jihatlar boshqaruvdagi mutaxassislarga o‘ziga xos tarzda taqdim etildi.

Eng muhimi uchrashuv sohada yangi imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsata oldi. Ta'kidlash kerakki, aynan kompaniyani transformatsiya qilish korxonalarning xalqaro bozorda raqobatbardosh o‘ringa ega bo‘lishi, ular faoliyatida xususiy kapital ishtiroki, ochiqlik va shaffoflikka asoslangan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimining yaratilishini ta'minlaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech