Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 25-iyun kuni Geologiya fanlari universitetida "Geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya sohasini ommaviy axborot vositalarida yoritishda yangicha yondashuv, o‘zaro hamkorlik, kommunikatsiyalar, tezkor axborot almashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti, korxona, tashkilot, muassasalari axborot xizmatlarida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari, mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi bo‘lim boshlig‘i M.Parpiyev, agentlik Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi M.Fayziyev hamda “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati rahbari U.Qarshiboyeva tomonidan OAV bilan ishlash, soha qonunchiligidagi o‘zgarishlar, tashkilot imijini yaratish, rasmiy munosabat bildirish, raddiya berish tartibi, mediakontent yaratishda e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, PR strategiya ishlab chiqish hamda tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida taqdimotlar qilindi.
Rasmiy veb-saytlarning yuritilishi, ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga yetkazilayotgan ma'lumotlarni uzatishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, tarqatilayotgan axborotlarning xolisligi va tezkorligi, xatolarsiz yozish bo‘yicha soha mutaxassislaridan zarur tavsiyalar ham berildi.
Interaktiv tarzda, qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan seminar-trening davomida ekspertlar hamda ishtirokchilar o‘tasida soha bo‘yicha fikrlar almashildi.
OKMK Axborot xizmati