Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mamlakatimizda har yili may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Mazkur sana Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham katta tantanalar bilan kutib olindi. OKMK sport majmuasida tashkil etilgan bayram tadbiri avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning kombinat mehnat jamoasiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov barcha kombinat ishchi-xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
Bir necha yillardan buyon kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilib kelayotgan bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Taqdirlanganlar orasida, ustozimiz, “Rangli metallar” gazetasining muxbiri Hasan Abdullaev ham borligi bizni quvontiradi.
O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullaevalarning dilrabo taronalari barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, afsonaviy “Setora” guruhi hamda katta-yu kichikning birdek sevimli xonandasiga aylangan estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadalievning diltortar qo‘shiqlari olqishlarga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari hamda “Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan rangba-rang bayram dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbirini “Nurafshon TV” telekanali orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilganini alohida ta'kidlash joiz.
Tadbir "OKMK madhiyasi" bilan yakunlandi.
Bayram so‘nggida esa an'anaga muvofiq mushakbozlik tashkil etildi.
Konchi-metallurglar bayrami bugun ham davom etadi.
Axborot xizmati