• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchi-metallurglar shodiyonalari sayillarga ulandi

20 May 2023, 13:56 1603

Bugun erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida shahrimizda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari boshlandi.

“Metallurg” madaniyat saroyi atrofida kombinatning har bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlari e'tiboriga texnika vositalari, mahsulotlar va maketlar ko‘rgazmasi havola etildi.

Har yili o‘ziga xos maketlar bilan ishtirok etadigan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi mehnat jamoasi bu yil tomoshabinlarni hayratlantiradigan ekspoziеsiyalarni namoyish etishdi.

Shuningdek, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Rux zavodi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Mis boytish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Mis eritish zavodi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi va Avtomobil transport boshqarmasi kabi mehnat jamoalari tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazmalar ham tomoshabinlarda katta tassurot qoldirdi.

Taqdim etilgan ko‘rgazmalar tanlovi bo‘yicha g‘oliblikni “Badiiy ijodkorligi uchun” nominatsiyasi bilan Mis boyitish fabrikasi jamoasi qo‘lga kiritdi.

2-MBF mehnat jamoasi esa “Atrof muhit muhofazasi uchun ishlab chiqarish chiqindilaridan turli ishlanmalar” nominatsiyasi bilan 2-o‘rinni egalladi.

Kreativ yondashuv bilan afsonaviy Pegas oti hamda mashhur kino qahramonlar obrazini ifodalagan MTMZ mehnat jamoasi ham 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Rux zavodi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, STTB, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Angren kon boshqarmasi, Avtomobil transporti boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi, Qalmoqqir KB, Mis eritish zavodi, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filali kabi mehnat jamoalari ham sovrindor bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Kovuldi koni duradgori Mahkam Nurullayev qo‘l mehnati ishlanmalari uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘a bilan taqdirlandi.

Boks, armrestling, kurash, shashka, shaxmat, arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Shu tariqa Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi kasb bayramlarini ko‘tarinki ruhda nishonlashdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech