• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchilar chempion

27 Noyabr 2023, 10:52 642

Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 9-dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, 25-26 noyabr kunlari “Metallurg” sport klubida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan rahbar va muhandis-texnik xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha chempionat tashkil etildi.

Musobaqaning ochilish marosimida OKMK kompleans-nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etib, barcha jamoaga omad tiladi.

Musobaqada 27ta jamoa o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Chempionat olimpiya tizimida o‘tkazilib, shiddatli bahslarga boy bo‘ldi. Barcha uchrashuvlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan holda finalda Qalmoqqir kon boshqarmasi hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti jamoalari ro‘baro‘ kelishdi. Keskin kurashlarga boy bo‘lgan final o‘yinida konchilarning qo‘li baland keldi. Ular 2:0 hisobida g‘alaba qozonishib, chempion bo‘lishdi. Kombinat bunyodkorlari esa 2-o‘rinni egallashdi.

3-o‘rin uchun esa Mis boyitish fabrikasi hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoalari bahs olib borishdi. Ushbu uchrashuvda mis boyituvchilar yirik 6:0 hisobida zafar quchishdi.

Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon” - Bahrom Nishonboyev (“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti), “Eng yaxshi himoyachi” - Bo‘riboy Xidirboyev(MBF), “Eng yaxshi yarim himoyachi” - O‘tkir Omonov(IHQX), “Eng yaxshi hujumchi” – deya Oybek Ismoilov(Qalmoqqir KB)lar e'tirof etildi.

25-noyabr kuni xotin-qizlar o‘rtasida badminton bo‘yicha musobaqa ham tashkil etilib, unda Madina Samandarova(Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi), Iroda Soatova(Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi), Izzatoy Alimova(Markaziy tahlil laboratoriyasi)lar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

Musobaqalarning g‘oliblari aksilkorrupsiya haftaligining yakuniga bag‘ishlangan tadbirda taqdirlanishini belgilangan.

Feruz Musayev,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

jismoniy tarbiya va sport bo‘limi mudiri o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech