• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konchilarga zamonaviy yotoqxona binosi tuhfa etildi

30 Yanvar 2024, 14:3 901

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlariga munosib sharoitlar yaratish ustuvor vazifa sanaladi.

Joriy yilning 24-yanvar kuni Xondiza kon boshqarmasi Xondiza shaxtasi ishchi-xodimlari uchun 200 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirilishi ham so‘zlarimizning yorqin isboti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Binoning ochilish marosimida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov, O‘zbekiston qahramoni Saydali Rahmonov, Xondiza KB mutasaddilari, faxriylar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.

Zalvorli mehnatni amalga oshirayotgan konchilarga iliq tilaklar yetkazilib, ramziy lenta kesildi. Mutasaddilar yotoqxonadagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mehnatkashlar bu yerda nafaqat dam olishlari balki bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratib berilishini ta'kidlashdi.

Bayram tadbirida bir dasturxon atrofida yig‘ilgan ishchilar uchun musiqiy dasturlar ham taqdim etildi.

Mazkur yotoqxona uzoq masofadan kelib konda ishlaydigan ishchi-xodimlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qurilish ishlari 2023-yilning iyun' oyida boshlangan edi. Qurilish ishlari 2023-yilning oxirida tugatilib, qurilish ishlariga 5,1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi.

Ma'lumot uchun: Xondiza KB polimetall rudalarni qazib olish va qayta ishlash vazifalarini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan OKMKning muhim bo‘linmalaridan biri. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan mazkur boshqarma qoshida Kombinatni yiliga 600ming tonna ma'dan bilan ta'minlayotgan Xondiza shaxtasi mavjud.

Yerosti koni 128 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, ruda tarkibi rux, mis, qo‘rg‘oshin, kumush va kadmiy kabi metallarga boy. Hozirda 400dan oshiq konchilar faoliyat olib borayotgan Xondiza konidan sutkasiga 1800 tonnagacha metallga boy bo‘lgan ruda olib chiqilib, Xondiza kon boshqarmasining boyitish fabrikasiga jo‘natiladi.

Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, Shaxtaning fidoiy ishchilari ko‘magida boshqarma o‘tgan yil polimetal rudalarni qazib olish uchun belgilangan rejani 104,9 foizga bajarib, qayta ishlash bo‘yicha 104, 7 foizlik ko‘rsatkichni qayd etdi. Yana bir ahamiyatli jihati 2023-yilda 18387 tonna ya'ni 109 mlrd so‘mlik qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilindi.

Shaxta ishchilarining har tomonlama qo‘llab quvvatlanishi esa, bu kabi ko‘rsatkichlarni yanada oshishi, OKMKda yuqori natijani ta'minlanishiga asos bo‘ladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech