Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konda o‘rganish ishlari olib borildi

19 Mart 2025, 12:29 1697

Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi tomonidan kombinat tarkibidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohasiga oid normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta'minlash yuzasidan muntazam nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bahor mavsumining seryog‘in va namlik yuqori bo‘lgan shart-sharoitlarini e'tiborga olgan holda kon-texnika inspeksiyasi xodimlari tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sel va ko‘chki xavfini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning belgilanganligi va ularning bajarilishi yuzasidan nazorat ishlari olib borilayapti.

Jumladan, kuni kecha shu masalada Qalmoqqir kon boshqarmasi Markaziy karyerining janubiy borti +588m. gorizontida va shimoli-sharqiy bort +610m. gorizontida mavjud bo‘lgan yer siljishi hududlarida xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi inspeksiya xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

N.Yakubov, 

Olmaliq KTI boshlig‘i v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech