• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kondagi modernizatsiya ma'dan qazib olish quvvatini 20%ga oshirdi

26 Iyun 2024, 8:6 976

Kovuldi koni mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 5 oyi davomida Ruda qazib olish prognozi, 101,0%ga, kon tayyorlov ishlari prognozi 102,3%ga, eksplutatsion qidiruv ishlari prognozi 105,2%ga, kesish va tozalash ishlari rejasi 101,2%ga bejarildi. Shuningdek, kon massasi qazish ishlari prognozi 102,4%ga, to‘lg‘azish ishlari prognozi 102,9%ga uddalandi.

Bundan tashqari, rudani qayta ishlash – 101,2%, flyusli ruda ishlab chiqarish va jo‘natish – 102,2%, flyusli ruda tarkibidagi oltin miqdori – 107,5%, flyusli ruda tarkibidagi kumush miqdori – 104,0% ga bajarildi.

- Bugungi kunda kondagi mavjud 10 ta gorizontlardan 875-, 862-, 856-, 772-, 751-, 835-gorizontlarda ma'dan qazib olish, kesish, tozalash ishlari amalga oshirilmoqda, - deydi yerosti koni uchastkasi boshlig‘i Suhrob Safarov. – Kondagi burg‘ulash ishlarini yanada samarali bo‘lishini ta'minlash maqsadida bu yil Simba-102 o‘ziyurar burg‘ulash uskunasi olib kelindi. Natijada qo‘l mehnati kamayib, ish samaradorligi oshdi. Ishlab chiqarish tannarxi ham tushirildi.

Ma'lumki, Kovuldi koni loyiha quvvati metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan yiliga 100 000 tonna oltin tarkibli flyusli ma'danni qazib olishga loyihalashtirilgan. Korxona mutaxassislari tomonidan 2-sonli ruda tanasi IV-C1 apofiza blogida qazib olish tizimini modernizatsiya qilinishi natijasida ma'dan qazib olishni amalga oshirish jarayonida mehnat unumdorligi ko‘tarilishiga va sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Natijada konchilarning og‘ir mehnat jarayonlari soddalashtirilib, ishlari yengillashtirildi. E'tiborli jihati ma'dan qazib olish quvvati 20%ga oshirilishiga erishildi.

Kondagi loyiha tizimi gorizontal qatlamlani qazib olish va qazib olingan bo‘shliqlarni o‘zi qotuvchi to‘lg‘azma bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Bu tizimda qazib olinayotgan blok balandligi 3 metrdan 4 metrgacha bo‘lgan qatlamlarga bo‘linadi va har bir qatlam qazib olinganidan so‘ng qum va sementdan iborat qorishma bilan to‘ldiriladi va to‘liq qotganidan so‘ng, keyingi qatlamda qazish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Issiqlik elektr markazi ag‘darmasida yig‘ilib qolgan ko‘mir kuli chiqindisini konda to‘ldirish(zakladka) ishlarida to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi jarayonida ijobiy natijalarga erishildi. Tajriba sinov ishlari asosida to‘ldirish ishlarida ko‘mir kuli qo‘llanilgan muqobil tarkib ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Buning natijasida to‘ldirishishlarida ish unumdorligi va sifati oshishiga, sanoat chiqindilarni kamaytirish evaziga ekologik holatni yaxshilanishiga olib keldi. Shuningdek, tovar moddiy boyliklarini tejalishi hisobiga sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishildi.

Konda yoqilg‘i energetika resurslarini tejash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ham samarali yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 2007-yildan buyon kon ma'muriyati binosini issiq suvga bo‘lgan ehtiyoji geliokollektorlar yordamida ta'minlab kelinayotgan bo‘lsa, buning davomi sifatida joriy yilda 12 Kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh foto elektr stansiyasi ishga tushirildi. Hozirgi kunda ushbu stansiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi konning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojlariga ishlatilmoqda.

Kovuldi konining oltin tarkibli ma'danlari bazasini kengaytirish maqsadida Mineral resurslar Instituti tomonidan “Kovuldi konining oltin tarkibli ma'danlari zaxiralarini hisoblash va yer osti usulida o‘zlashtirish kondisiyalarini texnik-iqtisodiy asoslash  (TIA)”mavzusida tadqiqotlar olib borildi. Dastlabki hisob-kitoblarga asosan istiqbolli uchastkalar zaxiralari hajmi aniqlandi. Buning natijasida kelajakda Kovuldi konining "Janubiy-I va Janubiy-II uchastkalarini o‘zlashtirish" loyihasini amalga oshirish orqali  ma'dan qazib olish hajmini 150-200 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: Kovuldi koni 1977-yil 27-dekabrda tashkil topgan bo‘lib, konda foydali qazilmalar yer osti usulida qazib olinadi. Konning asosiy faoliyati metallurgiya sanoatida flyus sifatida ishlatiladigan oltin tarkibli kvars rudasini qazib olish, qayta ishlash va qayta ishlangan rudani I va II sinflarga saralab, Mis eritish zavodiga jo‘natishdan iborat.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech