Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Konstitutsiya davlat mustaqiligini mustahkamlash, halqimizning tinch va farovon hayotini ta'minlashning muhim huquqiy asosi hisoblanadi.
Bosh qomusimiz xalq farovonligini ta'minlashga qaratilgan eng muhim maqsad va vazifalarni mustahkamlab beruvchi hujjat hamdir. Konstitutsiyasi xalqning irodasi, umidlari va intilishlariga mos keladigan mamlakatgina o‘z maqsadlariga erishish uchun olg‘a intiladi.
Insoniyatning tarixiy tajribasi shundan dalolat beradiki, asrlar davomida shakllangan shaxsning asosiy ma'naviy-axloqiy qadriyatlari va asosiy huquqlari tamaddun jarayonlari natijasida Konstitusiyaviy shakli ko‘rinishini oladi.
Aynan Konstitutsiya tarixda birinchi marotaba inson huquqlarining yorqin va mustaqil hayot, mulk, ta'lim, mehnat, so‘z va din erkinligi, saylash va saylanish huquqining eng yuqori bahosi e'tirofiga urg‘u berdi.
Bizning asosiy Qonunimiz jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, mamlakatimizning barcha fuqarolarining teng huquqliligini kafolatlab, zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun mustahkam asosini yaratdi.
Konstitutsiyani e'zozlash, uni har tomonlama o‘rganish va unga amal qilish, yoshlarda ajdodlarimizning buyuk insoniy merosiga, mamlakatimizning asosiy Qonunimizga asos bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlarga chuqur hurmatni shakllantirish har birimizning burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillardan keyin amalga oshirilib borilgan islohotlar Konstitutsiyaning 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilinishiga bo‘lgan shart-sharoitni yuzaga keltirdi(Birinchi tahriri 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan).
2023-yil 5-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tahririga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi tahriri 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumda qabul qilinib, 1 maydan - Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum natijalari e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar jamiyat hayotidagi ko‘plab evolyutsion o‘zgarishlarning hosilasi bo‘lib, ularni to‘liq mustahkamlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish uchun u yoki bu darajada Qonunchilik darajasida to‘laqonli ta'minlanishini talab qiladi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ijtimoiy munosabatlarga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi qonunlarning mazmuni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib berib, inson huquqlari va erkinliklarining bevosita xalqaro tamoyilini mustahkamlab bergani bilan ham ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida birinchi marotaba shaxsning erkin rivojlanishi huquqi mustahkamlandi, shaxsga qonun bilan belgilanmagan majburiyatlar yuklanishi taqiqlandi.
Davlat xalqaro huquq normalariga muvofiq, chet el(xorij)da yashovchi vatandoshlar bilan munosabatlarni saqlash va rivojlantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini boshqa davlatga ekstradisiya qilish taqiqlanishini kafolatlaydi.
Konstitutsiyada yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lim jazosi to‘liq taqiqlandi hamda inson sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligini, ularni asoslarsiz kamsitishga yo‘l qo‘ymasligini ta'minladi.
Yangi tahrirdagi Konstitusiyamiz 33-moddasining uchinchi qismi Butunjahon Internet tarmog‘iga kirish huquqini kafolatlaydi: "Davlat butun dunyo bo‘ylab Internet axborot tarmog‘iga kirishni ta'minlash uchun sharoit yaratadi." Kiritilgan o‘zgartirishlar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va 2036-yil oxiriga qadar uning YaIMdagi ulushini kamida 2,5 baravar oshirishga yo‘naltirilgan “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasini amalga oshirishning konstitusiyaviy kafolati hisoblanadi.
Global raqamlashtirish va jadal texnologik rivojlanish sharoitida jarayon umuman qonun bilan himoya qilinishi va ushbu sohadagi barcha munosabatlar milliy qonunchilikning huquqiy normalari bilan muvofiqlashtirilib borilishi kerak. Bu zaruriyat internetdan qonun doirasida, huquqiy sohada foydalanishning keskin talabi bilan bog‘liq. Ya'ni, har bir fuqaro o‘ziga kerakli ma'lumotlarni izlash, olish, qayta ishlash va undan foydalanish bo‘yicha konstitusiyaviy huquqidan hech qanday to‘siqlarsiz, erkin foydalanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilgan ushbu va boshqa barcha o‘zgartishlar O‘zbekistonning Qonunchilik bazasini yangi bosqichga olib chiqadi, shuningdek, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi va mustahkamlaydi.
Kafolatlangan huquqlarni ta'minlash davlatlarda o‘z xalqi uchun ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlarning ajralmas qismidir.
Nilufar Yusupova,
“Olmaliq KMK” AJ Yuridik departamenti yetakchi yuristkonsulti