• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Koreya delegatsiyasi ilmiy texnologik markazda

01 Mart 2022, 15:27 1409

Joriy yilning 28-fevral kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Pak Chon Su boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.

Birlashma rahbariyati hamda Koreya davlati delegatsiyasi o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda mazkur korxona qoshidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy texnologik markazi faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Birlashmaning tarixi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, qattiq qotishma va kompozit materiallar sexi faoliyati bilan ham mehmonlar tanishtirilib, markazning ilmiy ishlanma, yangi turdagi mahsulot, patent va ratsionalizatorlik takliflari namoyish qilindi.

Tashrif davomida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar birlashmaning Koreya texnologiyalari yordamida rivojlanishi bo‘yicha fikr almashishdi hamda mis, nodir va kamyob metallar, shu jumladan selen, tellur sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha taklif bildirishdi.

Shuningdek, Koreyaning metallurgiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalarini birlashmaga transferini amalga oshirish taklifi bildirildi. Shu jumladan, Markazni rivojlantirish va Koreyaning ODA granti bo‘yicha sanoat tajriba uskunalarni yetkazib berishni masalalari ko‘rib chiqildi.

Janob Pak Chon Su tomonidan tashrif yakuni bo‘yicha minnatdorchilik bildirilib, metallurgiya sohasida kombinat bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligini ham ta'kidlab o‘tdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech