• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Koreya delegatsiyasi OKMKda

03 May 2023, 9:26 2533

Joriy yilning 2-may kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi-sang boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.

Birlashma rahbariyati hamda Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi-sang boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda mazkur korxona qoshidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazi faoliyati tanishib chiqildi.

Tashrif davomida yarim o‘tkazgich sanoatida qo‘llaniladigan sof molibden va volfram mahsulotlarining Koreya Respublikasiga eksport masalalari ko‘rib chiqildi hamda tomonlar birlashmaning Koreya texnologiyalari yordamida rivojlanishi bo‘yicha fikr-mulohazalar almashishdi.

Shuningdek, markazning faoliyatini kengaytirish  bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Koreyaning metallurgiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalarini birlashmaga transferini amalga oshirish taklifi bildirildi. Shu jumladan, Markazni rivojlantirish va Koreyaning ODA granti (12 mln. AQSh dollari)bo‘yicha sanoat tajriba uskunalarni yetkazib berish masalalari ko‘rildi. Uskunalar o‘rnatiladigan sex ko‘zdan kechirildi.

Janob Kim Xi-sang tomonidan tashrif yakuni bo‘yicha minnatdorchilik bildirilib, metallurgiya sohasida kombinat bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligini ham ta'kidlab o‘tdi. 

Ma'lumot o‘rnida: 2022-yil 25-dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 milliard von (12 million AQSh dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan edi. Ushbu grant mablag‘lari mablag‘lari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining O‘zbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi.

Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. Bu yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech