"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332-Mis boyitish fabrikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda OKMK Komplayens xizmati boshlig‘i v.v.b. Shuhrat Jo‘rayev, 2-MBF direktorining tovar moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Iskandar Shamsiyev ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Shuhrat Jo‘rayev, bugungi kunda kombinatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berib, joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda 2025-yil 21-aprel kuni Prezidentning “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta'minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi.
- Endilikda kombinatning har bir mas'uli har bir tarkibiy bo‘linmasigacha tushib, har bir ishchi xodimning qalbigacha yetib borib, u yerda potensial huquqbuzarlik omillarini aniqlash, bunda alohida e'tiborni esa muqaddam jinoyat sodir etgan va jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan xodimlarga qaratish, ya'ni kombinatda “Xodimbay” ishlash tizimini joriy qilish talab qilinadi, deydi Sh. Jo‘rayev. - Korrupsiyaga imkon berayotgan barcha omillar, tub sabablarni aniqlash uchun eng chekka hududlarda joylashgan sexlar, konlar, zavod va fabrikalarning faoliyati ham atroflicha o‘rganiladi. Kombinatda har bir sodir etilgan “jinoyatga jazo muqarrar”ligini so‘zsiz ta'minlash, jabrlangan fuqarolarning, ishchi va xodimlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini yanada kuchaytiriladi. Kombinat tizimida va kombinat xodimlari ishtirokida sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha manzilli chora va tadbirlar belgilanib, kunlik so‘rov va nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Siz ham o‘z korxonangizda korrupsion holatlarga duch kelsangiz, zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga yoki Komplayens xizmatiga bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
Tadbir davomida ishchi-xodimlar yana bir bor ogohlikka chorlanib, huquqbuzarlikning har qanday turiga murosasiz bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun: 2024-yil yakuni bilan OKMKning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyati “Samaradorlik reytingi”da indikatorlarga muvofiq baholanib, Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi hamda Mustaqil ekspertlar tomonidan “Yaxshi” deb baholandi. Shuningdek, kombinat o‘z tarixida ilk marotaba 100 ballik imkoniyatdan 85 ball to‘plashga erishdi, Samaradorlik reytingida Kombinat 45 ta pog‘onaga (2023-yil yakuni bilan – Kombinat 69-o‘rinda bo‘lgan edi) yuqorilab ilk marotaba “Yashil guruhga” o‘tdi. Natijada ballar bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichi 21 ballni tashkil (2023-yilda – 64 ball to‘plangan edi) qildi.
Axborot xizmati