Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiya va Poraxo‘rlik tushunchalari o‘rtasida qanday farq bor?

23 Dekabr 2025, 9:36 655

Aksariyat insonlar bu ikki tushunchani aynan bir tushuncha deb hisoblaydilar.

Aslida esa, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lsada, mazmuni va mohiyatiga ko‘ra anchayin farqlanadi.

Qayd etish joizki, Pora – bu korrupsiyaning faqatgina bir ko‘rinishi holos.

Mansabdor shaxsga noqonuniy ravishda pul, sovg‘a yoki foyda berish orqali biror imtiyoz olish – bu  pora.

Bu korrupsiyaning ichidagi eng yaqqol, hammaga tanish bo‘lgan bir ko‘rinish  holos.

Masalan: Talaba o‘z o‘qituvchiga sessiyadan muvaffaqiyatli o‘tish (yahshi baho  olish) uchun naqd shaklda pul beradi yoki Ustozning plastik kartasiga muayyan miqdordagi pul mablag’larini  o’tkazib beradi, yoki domlani ro‘zg‘origa bozorlik  qilib  beradi. 

Biroq, Korrupsiya anchayin keng tushuncha hisoblanadi. 

Chunonchi, Mansab yoki xizmat vakolatni suiiste’mol qilish orqali g'ayriqonuniy shaklda har qanday shaxsiy manfaat olish – bu korrupsiya hisoblanadi.

Misol tariqasida, Korrupsiyaning eng kop tarqalgan quyidagi turlarini alohida sanab o'tishlik joiz deb hisoblaymiz:

- O‘zlashtirish (davlat (byudjet va halq) mablag‘laini  o’zlashtirish o‘g‘irlash);

- Qonunga zid bo‘lgan imtiyozlar (preferensiyalar) yohud ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish;

- Qasddan qarorlarni noto‘g‘ri chiqarish;

- Nepotizm (qarindosh-urug‘chilik, urug‘-aymoqchilik);

- Tenderlar va davlat xaridlaridagi manipulyatsiyalar korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi.

“Olmaliq KMK” AJ Komplayens xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech