"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki, OKMK tarkibiy bo‘linmalarida “Kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo holi hudud va sohaga aylantiraylik” shiori ostidagi profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 26-mart kuni Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Komplayens bo’limi yetakchi mutaxassisi Gulnoza Sabriyeva, Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning Olmaliq shahar vakili Jamshid Pardayev, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB tezkor qidiruv guruhi vakillari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan mas’ullar korrupsiyaning mazmun-mohiyati, jamiyatga tug‘diradigan tahdidi, unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berishdi.
- Korrupsiya - demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga, fuqarolarning davlat va hokimiyat organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Inson huquqlarining poymol bo‘lishiga olib keladi, bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga va biznesdagi halol raqobatga to‘sqinlik qiladi. Alohida sohalar va faoliyat turlarining monopollashuviga olib keladi, byudjet mablag‘larini cheksiz miqdorda noqonuniy o‘zlashtirishga shart-sharoit yaratib beradi. Oddiy insonlarning hayot kechirish sifatini yomonlashtiradi, jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi, kambag‘al, qashshoq va nochor fuqarolar soni keskin ko‘payib ketadi. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa huquqbuzarliklar uchun sharoit yaratib beradi va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi, deydi- G.Sabriyeva. Davlatimiz rahbarining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muhim chora-tadbirlar belgilab berildi. Xususan, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoniga ko‘ra, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
- Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda faol fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiladi. Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi.
Tadbirda yana bir bor barcha ogohlikka chorlandi.
Axbort xizmati