Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi hamma birday kurashish lozim!

27 Noyabr 2025, 13:31 329

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy bo‘linmalarda aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” shiori ostida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, tasdiqlangan jadval asosida navbatdagi tadbilrlar Oʻquv markazi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Fuqaro muhofazai otryadi kabi mehnat jamoalari uchun tadbir o‘tkazildi.

Davra suhbatida Hilol jome masjidi Imom noibi Murtozaxon Abdullaxonov, OKMK Komplayens xizmati yetakchi mutaxassisi Gulnoza Sabriyeva, yetakchi mutaxassis Shuhrat Xolxoʻjaevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda korrupsiyaning jamiyatga xavfi, unga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’sullar batafsil ma’lumot berishdi.

- O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" Qonunning 3-moddasida “Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi” tushuniladi.

- Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham korrupsiyaga qarshi kurashish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2021-yil may oyida OKMKda Korrupsiyaga qarshi Komplayens xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

- Kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining asosiy maqsadlariga markaziy apparat bo‘linmalarida hamda tarkibiy korxonalarda korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish. Kombinat xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yana-da yuksaltirish. Kombinat faoliyatida korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishlariga nisbatan mutlaqo toqatsizlik (murosasiz) munosabatni shakllantirish. Kombinat faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning ustuvorligini e’tirof etish hamda bunday chora-tadbirlarni Kombinat tizimida izchil joriy etish. Kombinat tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, korrupsiyaga olib keluvchi sabab, shart-sharoitlari va omillarini bartaraf etish. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini hech bir istisnolarsiz ta’minlash kabi vazifalar kiradi – deydi Gulnoza Sabriyeva.

Tadbir davomida ishchi-xodimlarning savollarga mas’ullar batafsil javob berishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech