• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi kurashish – doimo dolzarb

19 Iyul 2024, 10:29 1059

Korrupsiya inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro normalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradigan omildir. Korrupsiya ko‘lami iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlariga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, kombinat tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari xalqaro standarti talablari asosida malakalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida yuqoridagi fikrlar bildirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, OKMK Ijro apparati Komplayens-nazorat xizmati va Oʻquv markazi hamkorligida tashkil etigan malaka oshirish kurslari MTTU MISiS Olmaliq filialida boʻlib oʻtmoqda.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari – Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Umida Toʻxtasheva ham ishtirok etib, tinglovchilarga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha ma`lumotlarni berib oʻtdi.

Oʻquv kurslari kombinat tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat tizimiga masʼul 125 nafar xodimlar uchun tashkil etilgan boʻlib, yakunda tinglovchilarning bilimi sinovdan oʻtkazilb, sertifikatlar taqdim etiladi.

Oʻquv kurslari joriy yilning 16-iyul kuni boshlanib, 23-iyul kuni yakunlanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech