"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJda korrupsiya illatiga qarshi kurashish, ish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, 2026-yilning mart-aprel oylari davomida kombinatning 32 nafar mas’ul xodimlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasining onlayn maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu 32 nafar xodim 36 soatlik mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimga ega bo‘lishdi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini samarali ishlashini ta’minlash” mavzusidagi masofaviy maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv kursidan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarda korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sohaga oid xalqaro standartlar va milliy qonunchilik yangiliklari bilan tanishtirish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishdir.
Virtual akademiya platformasi orqali o‘tkazilgan mashg‘ulotlar zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, xodimlar uchun bir qator imkoniyatlarni taqdim etdi.
Xususan, interaktiv keyslar - hayotiy vaziyatlar misolida korrupsiya xavflarini aniqlash. Xalqaro tajriba - kombinat faoliyatiga mos keluvchi eng ilg‘or antikorrupsion choralar. Test sinovlari - olingan bilimlarni mustahkamlash va natijadorlikni baholash.
“Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar korxonaning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Axborot xizmati