Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi”

24 Noyabr 2025, 9:32 365

Ma’lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida aksilkorrupsiya oyligi doirasida tarkibiy bo‘linmalarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” shiori ostida “Ochiq eshiklar” davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 21-noyabr kuni Qalmoqqir kon boshqarmasi, Yoshlik-1 koni, Texnologik transport boshqarmasi, Portlovchi materiallar zavodi, Kovuldi koni, 3-Mis boyitish fabrikasi, Tog‘-kon transport kompleksi va infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha direksiyasi, Ohak zavodi kabi mehnat jamoalari uchun tadbir o‘tkazildi.

Davra suhbatida Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB katta tergovchi, mayor Aziz Rasuliy, “Hilol” jome masjidi Imom noibi Murtozaxon Abdullaxonov, OKMK Komplayens xizmati yetakchi mutaxassisi Gulnoza Sabriyeva, Komplayens xizmati yetakchi mutaxassisi Imomali Botirovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda korrupsiyaning jamiyatga xavfi, unga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’sullar batafsil ma’lumot berishdi.

O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" Qonunning 3-moddasida “Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi” tushuniladi, deya korrupsiyaga ta’rif berilgan.

Korrupsiya, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga, fuqarolarning davlat va hokimiyat organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Inson huquqlarining poymol bo‘lishiga, bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga va biznesdagi halol raqobatga to‘sqinlik qiladi, alohida sohalar va faoliyat turlarining monopollashuviga olib keladi. Byudjet mablag‘larini cheksiz miqdorda noqonuniy o‘zlashtirishga shart-sharoit yaratib beradi, oddiy insonlarning hayot kechirish sifatini yomonlashtiradi, jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi, kambag‘al, qashshoq va nochor fuqarolar soni keskin ko‘payib ketadi. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa huquqbuzarliklar uchun sharoit yaratib beradi va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.

Tadbir davomida kombinatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tildi. Unga ko‘ra, kombinat markaziy apparati bo‘linmalarida hamda tarkibiy korxonalarda korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish.  Kombinat xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yana-da yuksaltirish. Kombinat faoliyatida korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishlariga nisbatan mutlaqo toqatsizlik (murosasiz) munosabatni shakllantirish. Kombinat faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning ustuvorligini e’tirof etish hamda bunday chora-tadbirlarni Kombinat tizimida izchil joriy etish.

Kombinat tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, korrupsiyaga olib keluvchi sabab, shart-sharoitlari va omillarini bartaraf etish. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini hech bir istisnolarsiz ta’minlashdan iboratligi kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Kombinatga ishga kirayotgan har qanday shaxs kombinatning korrupsiyaga qarshi Siyosati bilan shaxsan imzo chekkan holda tanishtirilishi, ushbu Siyosatda belgilangan talab va qoidalariga hech bir istisnolarsiz qat’iy rioya qilishi lozim.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech