• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi kurashish vatan taraqqiyotining kafolatidir!

18 Noyabr 2024, 10:43 520

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma'lum.

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishidir. Unga yo‘l qo‘yilganda albatta jazo muqarrarligi qonunchiligimizda qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Ushbu fikr-mulohazalar joriy yilning 15-noyabr kuni Mis boyitish fabrikasi xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish vatan taraqqiyotining kafolatidir!” mavzusidagi tadbir bildirildi.

Tadbirda Olmaliq shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik Gulnoza Sabriyeva, Olmaliq shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi, mayor Alijon Narmenov ishtirok etishdi.

Tadbir davomida MBF Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi Malohat Dostova tomonidan ayollarning odob axloqiga oid mavzuda ma'ruza qildi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilik bo‘yicha 10 oylik statistik ma'lumotlar taqdim etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech