"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining 58-sonli buyrug'i hamda OKMKning 700-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida “Jonajon kombinatimizni korrupsiyadan mutlaqo holi hududga aylantiraylik!” shiori ostida har hafta kombinat tarkibiy bo‘linmalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shu kabi navbatidagi profilaktik tadbirlari Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi hamda Elektr tarmoqlari boshqarmasining Energota’mir sexida tashkil etildi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Olmaliq shahridagi vakili - Olmaliq shahar hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Pardayev, OKMK Komplayens bo‘limi mas’ul xodimi Gulnoza Sabriyeva, Olmaliq IIB Tergov boʻlinmasi tergovchisi, katta leytenant Navroʻzbek Abduraxmonov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan Jamshid Pardayev yurtimizda din erkinligi haqida ma’lumotlar berib, din niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’sirigi tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chorladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Gulnoza Sabriyeva mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. U davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yilning korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” yili deb e’lon qilinishi bu illatga nisbatan murosasizlikni yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi va ayni paytda kombinatda bu borada bajarilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, OKMKda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish tizimi samarali yo‘lga qo‘yilib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra kombinatning reyting ko‘rsatkichi yuqori — 89 ballga yetkazildi. Ko‘rilgan qat’iy choralar natijasida 1,121 mlrd so‘mlik zarar to‘liq undirildi hamda 1,180 mlrd so‘mlik mablag‘ning samarasiz sarflanishi oldi olinib, kombinat balansiga qaytarildi.
Shu bilan birga, Navroʻzbek Abduraxmonov tomonidan onlayn qimor va kiberjinoyatlar qurboniga aylanish, firibgarlar tuzog‘iga tushib, bank kartalaridagi mablag‘larni boy berish xavfi yuqoriligi tushuntirildi. Zamonaviy kiberjinoyatlarning aksariyati texnik tizimlarni buzish orqali emas, balki inson soddaligi va ishonchidan foydalanish orqali amalga oshirilayongani taʻkidlandi. Tadbir yakunida har bir ishchi-xodim nafaqat moliyaviy operatsiyalarda, balki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham hushyor bo‘lishi, har qanday noqonuniy harakat uchun javobgarlik muqarrar ekanligi qat’iy uqtirildi.
Agar siz korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz yoki shubhali harakatlarni kuzatsangiz, qo‘rqmasdan quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi:
Ishonch telefoni: (+998 71) 619 23 33 yoki (+998 71) 619 51 16;
Telegram bot: @agmk_bot
Elektron pochta: stop.corruption@agmk.uz.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar barcha tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbirlarda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish”, “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”, shuningdek “Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi O‘zbekiston xalqi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi” kabi mavzular qamrab olinadi.