Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish barchamizning kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart

01 Dekabr 2025, 16:29 170

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi!” shiori ostidagi navbatdagi ochiq davra suhbati Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasida tashkil etildi.

Tadbirda Avtomobil transport boshqarmasi, Issiqlik elektr markazi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti kabi tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari, muhandis-texnik xodimlari qatnashishdi.

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent viloyati IIBB Olmaliq shahar IIB TB katta tergovchisi, mayor A.Normenov, Olmaliq shahar "Hilol" jome masjidining imom noibi M. Abdullaxonov, OKMK Komplayens xizmati yetakchi mutaxassislari G.Sabriyeva va I.Botirovlar korrupsiyaning mazmun-mohiyati, jamiyatga tahdidi, unga qarshi kurashish borasida amalga oshirlayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.

- Korrupsiya - bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat, u demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun maqbul sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Bu zararli illatning barcha davlatlarda uchraydi, uni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati bir qator samarali ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsada, hanuzgacha to‘la-to‘kis bartaraf etilmagan. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va u bilan murosasiz kurashish bo‘yicha ilg‘or xalqaro standart va tajribalarga asoslangan tizimni joriy etish yuzasidan izchil choralar ko‘rilayapti. Bu yo‘nalishda so‘ngti yillarda qator normativ-xuquqiy hujjatlar qabul qilinib, ular asosida mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishni tashkil etishda xalqaro tajribalarga suyanilgan ishonchli tizim barpo etildi, - deydi Toshkent viloyati IIBB Olmaliq shahar IIB TB katta tergovchisi, mayor A.Normenov.

Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini mustahkamlash, halollik tamoyillarini kuchaytirish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech