Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 25-noyabr kuni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Unda STTB, Avtomobil transporti boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda Issiqlik elektr markazi ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda qatnashgan OKMK Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jurayev, Toshkent viloyati IIBB Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi IIB TQXB, Olmaliq shahar DXX bo‘limi xodimlari, “Ramazoni sharif” jome masjidi mas'uli mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
So‘z olganlar, korrupsiya – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan o‘ta salbiy illat ekanligi, bu borada aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, bu bo‘yicha tizimli ishlarni yanada shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish muhim vazifa hisoblanishi va unga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida ta'kidlab o‘tishdi.
Agarda siz ishlayotgan korxonangizda korrupsion holatlarga duch kelsangiz Kompleans nazorat xizmatining +998 70 619-15-47, +998 70 619-22-70 raqamlariga yoki E-mail: stop.corruption@agmk.uz pochta maniziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Tadbirda ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Bu kabi davra suhbatlari davom etadi.
Axborot xizmati