• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oʻzbekiston kubogi bahslari: OKMK kurashchilarida 5 ta oltin va 2 ta kumush

13 Noyabr 2024, 9:33 429

Joriy yilning 4-7 noyabr kunlari Fargʻona shahrida sportning belbogʻli kurash turi boʻyicha 2009-2011 yillarda tugʻligan oʻsmirlar hamda kattalar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport boʻlimi kurashchilari ham ishtirok etib, samarali natijalar qayd etishdi.

Jumladan, murabbiy Bahodir Sheranov shogirdlaridan 35 kg vazn toifasida Mehrob Toshpoʻlatov raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

77 kg vazn toifasida gilamga tushgan Sherbek Abdugʻafforov ham gʻolib boʻldi.

65 kg vazn toifasida kurashgan Asilbek Abduxalilov ikkinchi oʻrinni egalladi.

Kattalar oʻrtasidagi bahslarda 90 kg vazn toifasida Jumadulla Isroilov Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

62 kg vazn toifasida kurashgan Ortiqjon Yuldoshev kumush medalga sazovor boʻldi.

Ayollar oʻrtasidagi bahslarda esa Bibigavhar Poʻlatboyeva(66 kg) va Gulkumar Jannazarova(76 kg)lar ham oʻz vazn toifalarida raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, Oʻzbekiston kubogiga ega chiqishdi.

Umumiy hisobda OKMK kurashchilari oʻz hisoblarini 5 ta oltin, 2 ta kumush medallar shodasi bilan toʻldirishdi.

Hokim Boxirov,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

jismoniy tarbiya va sport boʻlimi mudiri

Bo`lishmoq:
Text to speech