• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kunchiqar yurt vakillari OKMKda

24 Sentyabr 2024, 9:32 135

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Jumladan, OKMK va Yaponiyaning Akita universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, hamkorlik doirasida oliygoh o‘qituvchi va talabalari kombinatga tashrif buyurishdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tog‘-kon sanoati sohasida amalga oshirilayotgan “KIZUNA” dasturi doirasida joriy yilning 20-sentyabr kuni Yaponiyadagi Akita universitetining professor Atsushi Shibayama boshchiligida delegatsiya kombinatda tanishuv amaliyotini o‘tash maqsadida shahrimizga kelishdi.

Kunchiqar yurt vakillari dastlab, “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlarida bo‘lishib, texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, “Metallurg” MSda xorijiy delegatsiya a'zolari va kombinat bosh mutaxassislari ishtirokida “Xalqaro hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida” davra suhbati o‘tkazildi.

23-sentyabr kuni mehmonlar Surxon vohasida joylashgan “Xondiza” kon boshqarmasida bo‘lishib, kon, boyitish fabrikasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Joriy yilning 26-sentyabriga qadar yurtimizda bo‘lishi ko‘zda tutilgan mehmonlar tashrif davomida Angren kon boshqarmasi hamda O‘zbekiston texnologik metallar kombinatiga ham borishlari rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech