Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yirik sanoat korxonasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha jabhalariga yo‘naltirilgan rivojlantirish dasturi doirasida zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarishga tadbiq etilib, mehnat unumdorligini oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3954-son qarori asosida ishlab chiqilgan “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturi”ga muvofiq kombinatning asosiy bo‘g‘inlaridan hisoblangan Rux zavodida rekonstruksiya va modernizasiya ishlari davom etmoqda. Jumladan, zavod ishlab chiqarish zanjirining boshi hisoblangan Kuydirish sexida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.
Kuydirish sexi boshlig‘i o‘rinbosari v.b. Feruz Mo‘minovning ma'lumotiga ko‘ra, dasturga muvofiq yil boshida sexning boyitmalar omboriga 2ta yangi ko‘prikli kranlar o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida boyitmalar omborida ish unumdorligini oshishiga olib keldi. Qaynovchi qatlam pechlarida olib boriladigan oksidlash jarayonida ishlatiladigan shixtalarning tayyorlash 30-40%ga oshirildi. Bundan tashqari, sexda 4ta qaynovchi qatlam pechi tubdan kapital ta'mirlandi. Bu oksidlash jarayonining unumdorligiga oshishiga saba bo‘ldi. Shuningdek, qaynovchi qatlam pechlarida kuydirish jarayonini nazorat qilish ham raqamlashtirildi. Bu jarayonni kuzatishga imkon berib, jarayon to‘liq avtomatlashtirildi va inson omili kamaytirildi.
Bugungi kunga qadar Kuydirish sexida modernizasiya ishlari boshlangandan buyon amalga oshirilgan ishlar ko‘lami ham salmoqli.
Jumladan, o‘tgan vaqt mobaynida sexda modernizatsiya ishlari doirasida, EGT-30 elektrofil'trlari to‘liq ta'mirlandi, changlarni tozalovchi qo‘shimcha qopli filtr uskunalari o‘rnatildi. Chang va gaz tozalovchi uskunalar, ventilyatsion tizim, elektrofil'trlar, yeng filtrlar, aspirasion tizimlar kapital ta'mirdan chiqarildi.
Sexda olib borilayotgan modernizasiya ishlari natijasida sex mehnat jamoasi tomonidan zavod rejalarining bajarilishiga ham salmoqli hissa qo‘shib kelinayapti. Buni raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, 2022 yilning 7 oyi davomida rux ishlab chiqarish rejasi 100,7%ga, o‘z xom ashyomizdan rux tayyorlash vazifasi esa 104%ga bajarilgan. Sulfat kislotasi ishlab chiqarish rejasi esa 107,8%ga uddalangan. 36055 tonna ruh mahsulotlari, 188 tonna kadmiy eksporti amalga oshirilgan.
Ulkan va sovuq tuyulgan temir-tersaklar bag‘rida qaynayotgan “hayot alangasi”ni kuzatar ekanmiz, Mustaqil O‘zbekistonimizda “Inson qadri” ulug‘ligi, zalvorli mehnati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ishchi-xodimlarning mehnati munosib qadr topayotganing guvohi bo‘lamiz.
Kombinatda amalga oshirilayotgan bu kabi ta'mirlash ishlari yangi hayot, yangi istiqbollarga umid uyg‘otib, mamlakatimizni dunyo miqyosida yetakchi va rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishiga yordam berishi, shubhasiz.
Axborot xizmati