"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 16-aprel kuni Avtomobil transport boshqarmasi mehnat jamoasi uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ATB boshlig‘i OKMK obyektlarida yong‘in xavfsizligini tashkil etishni ta'minlash bo‘limi boshlig‘i A.Ahrorov, ATB boshlig‘i A.Saidkadirov, tovar moddiy boyliklar butligi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari D.Xamzayev 1- va 2-sonli avtokorxona rahbarlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda 2025-yil 1-choragida OKMK tarkibiy bo‘linmalarida sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlili, ATBning barcha transport vositalarida elektron kabellarni qayta tekshirib, yangilash, yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
- Joriy yilning 1-choragida kombinat korxonalarida 2 marta yong‘in ro‘y berdi, deydi A.Ahrorov. - Sodir bo‘lgan yong‘inlar oddiy yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik natijasida kelib chiqqan. Korxonalarda har bir ishchi-xodim yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilsa, bu kabi noxush holatlar ro‘y bermaydi.
A.Ahrorov elektr tarmoqlari, isitish moslamalari va yonuvchan moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralarini ko‘rish lozimligini, yong‘in o‘chirish jihozlarining (o‘t o‘chirgichlar, quvurlar, signalizatsiya tizimi) texnik holati e'tibor qaratshni ta'kidladi.
Tadbir davomida mas'ullar ishchi-xodimlar orasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligini, boshqarma barcha tarkibiy bo‘linmalarida uzoq muddatdan buyon xizmat qilayotgan transportlarni elektr simlariga qat'iy e'tibor berish kerakligi hamda eskirgan simlarni yangilash lozimligi haqida aytib o‘tishdi.
Yozgi mavsumga tayyorgarlik choralarini ko‘rish, boshqarma barcha tarkibiy bo‘linmalarida qurigan o‘t-o‘lanlarni tozalash, eski avtoshinalarni ehtiyot qilish ta'kidlandi. Yong‘in sodir bo‘lganda 70-01 raqamiga murojat qilish kerakligi uqtirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan A.Saidqodirov tarkibiy bo‘linmalarda yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi hamda jadval asosida avtotransport vositalarini elektr simlarni yangilanishini, ta'mirlash uchastkalaridagi yong‘in xavfsizligi burchaklarida jihozlar to‘liqligi va sozligiga e'tibor berish kerakligini ta'kidladi.
A. Abdujabborov,
ATB Yoshlar ittifoqi raisi