Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33MTTU MISiS Olmaliq filialida "Texnologik va sanoat loyihalarini tijoratlashtirish va start-up loyihalarni amalga oshirish" mavzusida semnar trening tashkil etildi.
Mazkur seminarni oʻtkazishdan maqsad 2022 yilda Prezidentimizni yoshlarga murojaatlaridan kelib chiqqan holda hoziri asosiy e’tibor texnologiyalarni tijoratlashtirish, yosh olimlarning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Hozirda mamlakatimizda Jahon bankining “Munis” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur loyihaning 2-, 3-komponentlari doirasida start-up loyihalarini tijoratlashtirish, ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida grantlar ajratilgan. Mana shu grantlarga arizalarini shakllantirish, loyihalarni topshirish boʻyicha olimlarimiz talablarning bilimlarini, koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. Seminarda grant loyihalarida qanday ishtirok etish boʻyicha ma’lumotlar beriladi, - deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilimiy texnik axborot markazi xodimi Nurullo Narzullaev.
Treningni Jahon bankining ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish va start-up amalga oshirish boʻyicha xalqaro eksperti Sergey Makarov olib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Banki loyiha doirasidagi bu kabi seminarlar mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkillashtiriladi.
Joriy yilning 13 iyun kuni boshlangan seminar bugun ham davom etadi. Seminarda MTTU MISiS Olmaliq filali talabalari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy boʻlinmalari xodimlari, Toshkent viloyatidagi oliygohlarning vakillari ishtirok etishmoqda.
Ushbu trening natijalariga koʻra, treningni tugatgan barcha ishtirokchilarga jahon bankining malaka oshirish boʻyicha sertifikatlari taqdim etiladi.
Axborot xizmati