Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun shahrimizning “Ko‘rpasoy” va “So‘fi Olloyor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida kombinatda amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilishi ko‘zda tutilgan yangi metallurgiya majmuasini qurish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi.
Unda OKMK mas'ullari, mutaxassislari, “Mahalla yettiligi” a'zolari va mahalla ahli ishtirok etishdi.
Tadbirda OKMK Investitsiyalar departamenti rahbari o‘rinbosari Obid Jonsaidov kombinatda qurilayotgan yangi metallurgiya majmuasining taqdimotini o‘tkazdi.
- Oddiy so‘z bilan aytganda hozirda faoliyat yuritayotgan Mis eritish zavodiga o‘xshagan, zamonaviy texnologiyalarga ega yana bitta zavod barpo etiladi. Yangi metallurgiya majmuasining ishga tushirilishi natijasida ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu zavodda kelgusida sizlarning farzandlaringiz, mahalla yoshlari mehnat qilishadi. Misdan qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Eng muhimi texnologik zararli gazlarni ushlab qolish darajasi 30 foizga oshadi. Dunyo bozorida bugungi kunda tobora misga bo‘lgan talab oshib borayotir. Mis katodini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirilishi, kabel, mis quvurlari, mis folgasi, mis fitinglari kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirishiga ham xizmat qiladi,- deydi Obid Jonsaidov.
Taqdimot davomida ishtirokchilarga loyiha bo‘yicha tarqatma materiallari ham berildi.
Tadbirda mas'ullar tomonidan loyihaning Olmaliq shahar rivojida tutgan o‘rni, hudud ekologiyasini yaxshilash borasidagi roli haqida ham to‘liq ma'lumotlar taqdim etildi.
Mahalla ahli o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma'sullardan batafsil javob olishdi.
Aziz hamshaharlar, Sizlarda loyiha bo‘yicha taklif va e'tirozlaringiz bo‘lsa ularni (+998 70) 619-23-33 telefon raqamiga yoki info@agmk.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘rab qolamiz.
Axborot xizmati