"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Har qanday yirik sanoat korxonasining taraqqiyoti uning xodimlari malakasi va kasbiy mahorati hisoblanadi. Mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini olib borish — bu nafaqat ish unumdorligini oshiradi, balki ishlab chiqarish xavfsizligi va sifatini ham ta’minlaydi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bu borada tizimli va samarali ishlarni yo‘lga qo‘ygan. Kombinatning muhim tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
STTBda mehnat qilayotgan 20 nafar elektrovoz mashinisti yordamchilari uchun sayyor qayta tayyorlash o‘quv kursi tashkil etildi. Bu o‘quv dasturining asosiy maqsadi yosh kadrlarning kasbiy ko‘nikmalarini yuksaltirish va ularni mustaqil kasbga tayyorlash edi.
O‘quv kursi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘quv kursi davomida tinglovchilar 266 soat davomida nazariy bilimlarni egallashdi. 82 soat amaliy mashg‘ulotlar esa bevosita ish joylarida — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘tkazildi. Bu yondashuv bilimlarni real sharoitlarda mustahkamlash imkonini berdi.
Bugun o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha 20 nafar tinglovchi bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, o‘z bilim va malakalarini munosib namoyon etdilar. Ularning barchasi belgilangan tartibda elektrovoz mashinisti guvohnomasiga ega bo‘ldilar.
Axborot xizmati